Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda avtobus ag‘darilgan
- 06.07.2020 15:09
- 220
- Hodisa

Joriy yilning 5 iyul kuni soat 15:40 larda, Jizzax viloyati Jizzax shahri, Olmazor va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi avtobus hamda haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan B.F. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilgan. Avtobusda 3 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, to‘qnashuv sabab tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz, deyiladi axborotda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat