Jomboyda aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilingan
- 05.12.2019 15:43
- 379
- Jinoyat va jazo
“Jomboytumangaz” filialida aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Jomboytumangaz” filiali bo‘lim muhandisi G‘.I. va boshqalar moddiy javobgarligida bo‘lgan 128,2 million so‘mlik 402 dona maishiy gaz ballonlarini hamda 101,4 million so‘mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa