Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Olti qahramonliklarga 105 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 8 tonna ko‘mir tarqatildi

Kecha, 28 noyabr kuni Past Darg‘om tumani hokimi Shunqor Xudoyberdiyev tumanning Olti qahramon mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda fuqarolar yo‘llarning nosozligi, suyultirilgan gaz ballonlari yetishmasligi, ko‘mir tanqisligi masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Aholi tomonidan bildirilgan muammoli masalalar shu yerning o‘zida hal qilinib, mahalla fuqarolariga 105 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 8 tonna ko‘mir tarqatildi. Shuningdek, mahallaning 3 kilometrlik ichki yo‘llariga tosh to‘kish ishlari boshlab yuborildi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.