Jomboyda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat departamenti hodimlari bilan hamkorlikda davlat tasarrufidagi yerlarni qonunga zid ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, Jomboy tumanida yashovchi, “N.Q.” va uning o‘g‘li “Z.P.”lar o‘zaro kelishgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olgan Jomboy tumani hududida joylashgan davlat tasarrufidagi 0,80 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fuqaroning nomiga tegishli davlat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilgan.

Buning evaziga fuqarodan 22.000 pul so‘ragan. Pulning 11 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinadi. Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.