Jomboyda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan fuqaro aniqlandi
- 05.01.2023 21:40
- 62
- Jinoyat va jazo
Jomboy tumani Guliston mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.X. o‘zi tashkil qilgan hammom uchun noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 7 ta suv isitish qozoni va 1 ta "OPSK" so‘rg‘ichidan foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Viloyat huquq-tartibot idoralari hamda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassis xodimlari tomonidan aniqlangan mazkur holatda fuqaro gaz ta’minoti korxonasiga 532 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki surishtiriv davomida aniqlangan holatlar va to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish hamda qonuniy qaror qabul qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan.
Teglar:
gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa