Joriy yil Samarqandda mamlakatimizda ilk bor bolalarda yurak ochiq jarrohlik amaliyoti bajarildi

Samarqand viloyatida bolalarga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yaxshilash maqsadida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi “Bolalar kardioxirurgiyasi” bo‘limiga 1 milliard 890 million so‘mlik mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga sun’iy qon aylantiruvchi (AIK) apparat olib berildi.

Bu bilan Respublikada ilk bor 10 kilogramm vazndan kam bo‘lgan bolalarda yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti bajarilishiga erishildi va bugungi kungacha 320 ta ochiq turdagi jarrohlik operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.