Joriy yilning 1 martiga qadar MTTlarni tashkil etish uchun mablag‘lar ajratiladi
- 31.01.2020 17:40
- 215
- Samarqand
Kecha, 30 yanvar kuni Prezidentimiz “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 182 milliard so‘m mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil uchun Davlat byudjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida 2020 yil 1 martga qadar ajratiladi. Bunda kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka bo‘yicha beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa