JSST: Pandemiyaga qarshi vaksina boylargagina emas, balki barcha uchun yetkazib beriladi

Odamlar koronavirusga qarshi vaksinani kamida 2021 yilning birinchi yarmida qo‘lga kiritadi. Bu haqda JSST favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.

Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramasdan, vositaning qo‘lga kiritilish muddatiga real qarash zarur. Shuningdek, u JSST vaksina dunyoning barcha burchaklariga yetib borishini ta’minlash ustida ishlar olib borayotganini ta’kidladi.
“Ushbu pandemiyaga qarshi vaksina boylar uchun emas, kambag‘allar uchun ham emas. U barcha uchun”, deb ta’kidladi Rayan.