Jurnalistlar Toyloqdagi press-turni ’’Qo‘shchinor’’dan boshladi

Toyloq tumaniga uyushtirilgan press-tur ’’Qo‘shchinor’’ gazetasi tahririyatidan boshlandi. Biloyatning shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida jurnalist va blogerlar ishtirokida joylarda o‘tkazilayotgan press-turning navbatdagisi Toyloq tumanida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda 2556 ta tadbirkorlik sub’yektlari, jumladan 996 ta yuridik shaxslar va 1560 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu yilning o‘tgan davri mobaynida 288 ta yuridik korxona va 717 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat boshlagan.

Tumanda 2019 yilgacha 19 ta korxona mahsulotlarini xorijga eksport qilib kelayotgan bo‘lsa,  shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida ular safiga yana 6 ta korxona qo‘shildi.

Bugungi press-tur davomida tumandagi ana shunday korxonalardan ayrimlarining faoliyati bilan tanishish rejalashtirgan.

Tadbir ’’Qo‘shchinor’’ gazetasi tahririyatining rekonstruksiya qilingan binosini ko‘zdan kechirishdan boshlandi. Bu yerda xodimlar uchun ajratilgan shinam xonalar,  yaratilgan sharoitlar, tahririyat qoshidagi kutubxona jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.