Kafedagi jinoyatni aka-uka sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindi

Joriy yilning 30 iyun kuni soat 02:00 larda 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan “Oltin diyor” kafesiga temir panjarasidan oshib tushib, shu kafening to‘rt nafar ishchilarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ular orasidagi 18 yoshli D.B.ga tegishli “Redmi” va “Miyezu” hamda R.E.ga tegishli “Samsung” rusumli mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi 25 yoshli F.A. va uning birga yashovchi ukasi 23 yoshli I.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.