Karantin davrida fuqaro aliment to‘lashdan ozod etilmaydi

Huquqbuzar I.S. fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2013 yil 3 iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun u voyaga yetgunga qadar har oydagi ish haqi va boshqa qo‘shimcha daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lsa-da, u o‘z vaqtida oyma-oy to‘lab kelmagan va natijada 11.093.490 so‘m aliment pullarini qasddan to‘lamay kelgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudining 2020 yil 1 iyundagi qaroriga asosan huquqbuzar I.S.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shahar ma’muriy sudi raisi Orif Pardayevning ta’kidlashicha, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi uni 11.093.490 so‘mlik aliment to‘lovini to‘lashdan ozod qilmaydi.