Karantin davrida IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan shaxs qamoqqa olindi

Hozirgi kunda o‘rnatilgan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish har bir fuqaroning burchidir. Fuqarolarimiz bu bilan nafaqat o‘z sog‘lig‘ini asraydi, balki hozirgi vaqtda keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasini jilovlashga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Afsuski, ba’zi shaxslar karantin qoidalarini qasddan mensimasdan, yurtimizdagi vaziyatga noto‘g‘ri baho bergan holda jamoat tartibini buzib, IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligini qanday izohlash mumkin?

2020 yil 13 aprel kuni soat 07:10 larda huquqbuzar Sh.T. Samarqand viloyati, Narpay tumani, Mirbozor qo‘rg‘onida tashkil etilgan nazorat postidan o‘tish jarayonida karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida himoya niqobisiz o‘tib ketayotgan vaqtida xizmat faoliyatini olib borayotgan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan niqob taqib yurishi tushuntirilganida, IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, shu yerda bo‘lgan fuqarolarni tinchligi va osoyishtaligini buzgan.

Narpay tumani ma’muriy sudining 2020 yil 13 apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar Sh.T. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.