Karantin talablarini buzgan qoidabuzarlar jazosiz qolmaydi
Tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan tartib-qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotgani qat’iy nazoratga olingan. Afsuski, takror-takror ogohlantirishga, qoidalar eslatib turilishiga qaramasdan, bu talablarga rioya qilmayotganlar uchrab turibdi.
Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori”da shaxsiy himoya va zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasi yaratilmagan. Shunga ko‘ra, bozor rahbari o‘rinbosariga bazaviy hisoblash miqdorining 10, 9 nafar nazoratchilarga esa 1 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Samarqand shahridagi 16 ta savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari shaxsiy himoya va zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasi yaratilmaganligi uchun rasman ogohlantirilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahri, Nurobod va Oqdaryo tumanida 3 tadan, Samarqand, Toyloq, Urgut, Payariq, Qo‘shrabot va Narpay tumanlarida 4 tadan, Past Darg‘om va Ishtixon tumanlarida 5 tadan, Bulung‘ur tumanida 6 ta, Jomboy tumanida 7 ta, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida 8 tadan sub’yektlar rahbarlari rasmiy ogohlantirilgan,
Bundan tashqari, 6 iyul kuni viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan kun davomida 474 ta bayonnoma tuzilgan.
Karantin davrida 55 204 ta ma’muriy hamda 2 ta jinoiy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Samarqand viloyat hududiy idoralararo shtabi.