«Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika zavodi» rahbari tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 avgustdagi farmoniga muvofiq, aholi farovonligini ta’minlashda namuna ko‘rsatayotgan kattaqo‘rg‘onlik tadbirkor Anvar Norboyev "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan edi.
Tadbirkor bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Anvar Norboyev mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilayotgan tizim haqida gapirdi.
Anvar Norboyev rahbarlik qilayotgan «Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika zavodi» yillik quvvati 1200 dona import o‘rnini bosuvchi transformator ishlab chiqaradi. Zavodda 80 kishi ish bilan band. Zavod qoshida tikuvchilik fabrikasi ham tashkil qilingan. Unda 50 nafar xotin-qiz ishlamoqda.
Shuningdek, tadbirkor tumanning Meylixo‘ja mahallasi hududida quvvati 288 o‘rinli, 9 milliard 700 million so‘mlik “WILLAGE SCHOOL” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ishga tushirgan.
Bundan tashqari, 34 gektar lalmi maydonda zamonaviy usulda uzumzor tashkil qilgan. Bu yerda 12 kishi ish bilan band.