Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs aniqlandi
- 20.07.2020 14:30
- 523
- Samarqand
Joriy yil 18 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1972 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, Zomin mahallasida yashovchi fuqaro S.M. o‘zining yashash uyida shahar hududida istiqomat qiluvchi 9-17 yoshlarda bo‘lgan 7 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarga diniy saboq berish uchun “hujra” ko‘rinishda, tegishli davlat organlarining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlandi.
Voqea joyidan 7 dona arab yozuvidagi diniy adabiyotlar, 7 dona daftarlar, 6 dona varaqalar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olindi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.