Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan

Bugun, 31 iyul kuni soat 01:45 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, "Alijon" MFY hududidan o‘tuvchi M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 71-kilometrida, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan E.U. "YUTONG" rusumli avtobusda "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus ag‘darilgan.

Natijada, avtobus salonida bo‘lgan, 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida bo‘lgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yo‘lovchi shifoxonaga olib borilayotganda, yo‘lda vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchilar, 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A.lar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berishicha, mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.