Kattaqo‘rg‘onda 2 million so‘mga “marixuana” sotayotgan kimsa ushlandi

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro I.Sh. tomonidan xaridorga vazni 25,74 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.