Kattaqo‘rg‘onda 50 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on tumani Burgansoy mahallasida tadbirkor Maftuna Abduvaliyeva tomonidan “Jasurjon Mubina” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida kooperativ tashkil etildi.

Buning uchun tadbirkorning 100 million so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘i, 50 million so‘mlik bank krediti va 100 million so‘m qiymatidagi Bandlik jamg‘armasidan subsidiya ajratildi. Mazkur kooperativ tikuvchilik, to‘quvchilik, go‘zallik saloni, milliy hunarmandlik kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Mazkur jamiyat tashkil etilishi natijasida 50 nafar kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Jahongir SAFAROV.