Kattaqo‘rg‘onda aliment to‘lovini kechiktirgan shaxs 15 sutkaga qamaldi
- 28.09.2023 15:48
- 52
- Jamiyat

Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.O.dan undiruvchi I.M. foydasiga voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Otaning qarzdorligi 8 mln. so‘mdan ko‘p bo‘lsa-da, lekin to‘lovni amalga oshirmagan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-(4)-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2023 yil 27 sentyabrdagi qaroriga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ichimlik suv tarmog‘i yangisiga almashtiriladi
- 2 soat avval
- Samarqand
“Dolzarb 90 kunlik” farzandlarimizga nima berdi?
- Bugun, 14:12
- Sport