Kattaqo‘rg‘onda dahshatli avariya sodir bo‘ldi: “Tiko” rusumli avtomashina ag‘darilib ketdi
- 23.07.2020 16:10
- 573
- Hodisa
Kecha, 22 iyul kuni soat 16:00 larda Kattaqo‘rg‘on shaharidagi Samarqand va O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasida Samarqand ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli hamda O‘zbekiston ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.N. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida “Tiko” rusumli transport vositasi haydovchisi A.N. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi Z.R.lar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 262 mingdan ziyod aholidan sport sinovlari olindi
- 50 daqiqa avval
- Sport
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 1 soat avval
- Ta’lim