Kattaqo‘rg‘onda og‘ufurush qo‘lga olindi
- 24.07.2020 12:50
- 226
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 21 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JQB xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrining Ko‘hnadam mahallasida joylashgan uylarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.M.ga tegishli bo‘lgan 2 dona gugurt quti ichiga qadoqlangan o‘tkir hidli giyohvandlik moddasi, xona ichida mavjud bo‘lgan sumkachadan 3 dona gugurt qutisiga joylangan “marixuanna” giyohvandlik moddasining urug‘i, ushbu xona ichida mavjud bo‘lgan isitish pechining ichidan bir dona, 1 litr sig‘imli yelim idishda giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa