Kattaqo‘rg‘onda olib qochilgan “Neksiya” egasiga qaytarildi

2019 yil 22 avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 29 yoshli H.R. IIBga murojaat qilib, shu yil 21 avgust kuni soat 23:00 larda noma’lum shaxs uning uyi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab qochganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida avtomashina Samarqand tumani Guliston mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushkent mahallasida yashovchi 23 yoshli J.O. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.