Kattaqo‘rg‘onlik oila 16 yildan so‘ng nikohdan o‘tish uchun murojaat qildi
Kattaqo‘rg‘on shahar O‘rikzor mahallasida yashovchi M.Razzoqov va N.Ilyazova 16 yil ilgari oila qurgan, ammo qonuniy nikohdan o‘tmagan.
Bu oila va ularning farzandlari kelajagi uchun yillar o‘tib o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlagan. Shundan so‘ng, oila nikohini qayd ettirishga qaror qilgan.
Yaqinda fuqarolar Kattaqo‘rg‘on shahar FHDYo bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qildi. Ularning nikohi qayd qilinib, fuqarolarga nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirildi.
Xuddi shuningdek, Samarqand tumani FHDYo bo‘limi tomonidan ham Arabxona mahallasida bir necha yillardan buyon sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan U.Haqmurodov va F.Hamroqulovaning nikohi kayd etilib, bir yo‘la farzandlariga ham tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida: 2021 yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda 4 263 ta nikoh qayd etildi, eng ko‘p 461 ta nikoh Urgut tumanida, eng kam 77 ta nikoh Kattaqo‘rg‘on shahrida qayd etildi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.