Kechagacha 370 nafar samarqandlik Xitoydan kelgan. Ularning xonadonlari muntazam dezinfeksiya qilinmoqda
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy davlatida koronavirusdan kasallanganlar soni 80995 oshgan. Ushbu kasallik qurbonlari soni 2718 (3.5 foiz) nafarni tashkil etmoqda. Xitoydan tashqarida ushbu kasallik bilan 2805 nafar fuqarolar kasallangan. Hozirga qadar ushbu kasallik yer yuzidagi 37 ta davlatlarda qayd qilingan.
Mamlakatimiz, jumladan, Samarqandda ham xastalikning kirib kelishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2020 yilning 26 fevraligacha viloyatga jami 370 nafar samarqandliklar Xitoy Xalq Respublikasidan kelishgan. Ularning 347 nafarida 14 kundan oshganligi sababli tibbiy kuzatuv tugatilgan. 23 nafarida tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda. Ushbu fuqarolar to‘g‘risida ro‘yxat asosida har bir shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari xodimlari xonadonma-xonadon yurib, Xitoydan kelgan viloyat fuqarolarini 14 kun muddatga tibbiy kuzatuvga olishgan.
Joriy yilning 26 fevraligacha Samarqand xalqaro aeroporti sanitar nazorat punkti orqali jami 304 ta reyslar kelib-ketgan bo‘lib, 21179 nafar yo‘lovchilar o‘tkazilgan, shundan 1345 nafari chet el fuqarolari, 53 nafari XXRdan kelgan fuqarolar, Jartepa sanitar-nazorat punkti orqali 2691 ta avtotransport vositalari o‘tgan bo‘lib, 22832 nafar yo‘lovchilarning 13658 nafari chet el fuqarolaridir. Yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash va viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mutaxassislaridan iborat 4 ta tezkor mobil brigadalar tashkil etilib, shay holatga keltirilgan. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi O‘RI va gripp kasalliklarining 11 turiga tekshirish uchun diagnostikumlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, markaz tomonidan Samarqand shahridagi 10 ta yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarda va avtotransportlarda (250 ta avtobus, 285 ta “Damas” va 310 ta taksi), Xitoy Xalq Respublikasidan qaytgan 102 nafar fuqarolarning xonadonlarida, 8 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida, 35 ta maktablarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari olib borildi. Samarqand shahridagi mavjud bozorlarning barchasida, turistik ob’yektlarning 22 tasida, 36 ta mehmonxona va 14 ta yotoqxona hamda 22 ta restoran, 28 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ham profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
Tuman SEO markazlari tomonidan joylarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Qolaversa, tumanlardagi 14 ta avtoshohbekatlar (105 ta avtobus, 85 ta “Damas”, 66 ta taksi), 22 ta bozorlar, 42 ta restoran, 59 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda Xitoy Xalk Respublikasidan qaytgan 250 ta fukarolarning uylari va hovlilarida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilgan.
Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishi va oldini olish bo‘yicha profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
K.SA’DULLAYeV,
viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish bo‘limi mudiri.