“Kechkeldik”ka rahbarlar keldi
O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Kechkeldik” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda tuman hokimi hamda tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari hamda mutassaddi tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.
Qabul davomida aholi hududda to‘planib qolgan muammolar haqida so‘z yuritib, ularning yechimida amaliy yordam so‘radi.
Jumladan, Avg‘on Yuldoshev mahallada ichimlik suvi muammosi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, transport masalasi, xususan, Kechkeldik qishlog‘idan Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlariga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Mazkur masalalar yuzasidan xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Asomiddin Ziyatov tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llaydigan bo‘ldi.
Salomat Qahramonovaning qishloq vrachlik punktini qayta tiklash hamda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaati tuman mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi.
Sayyor qabulda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuman xokimligi tomonidan tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Baxtigul Qarshiyeva
O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi matbuot kotibi.