Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kim Chen In yangi qurol sinovlarida ishtirok etdi

Shimoliy Koreya harbiylari kecha ikkita snaryadni sinovdan o‘tkazdi. Raketalar Yapon dengizi yo‘nalishida uchirildi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, raketalar 25 kilometrgacha balandlik va maksimal tezligi 4 max (soatiga 4900,18 km)ga teng bo‘lgan 110 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “yangi taktik boshqariladigan qurol” sinovini kuzatdi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya STAK axborot agentligi. Ma’lum qilinishicha, “qurol sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan”.

Bundan tashqari, STAK hisobotida aytilishicha, Kim Chen In “mamlakatning mudofaa qobiliyati va yadroviy jangovar salohiyatini yanada oshirish” bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bergan.

Yil boshidan beri Shimoliy Koreya raketalar, jumladan, o‘ndan ortiq qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazdi.