Kimlar hujjat topshirishda to‘lov qiladi? Abituriyent xorijdan turib ham OTMga hujjat topshira oladimi?

Ushbdu savollarga Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati shu’basi mudiri Vohid Sirliboyev javob berdi.

- Bu yilgi qabul jarayonlarida ham oldingi yillardagi kabi joriy yil bitiruvchilari, nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar test sinovlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi, - dedi V.Sirliboyev. - Yuqorida keltirilgan toifadan boshqa abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

Abituriyent my.uzbmb.uz tizimi orqali xorijdan turib ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bunda o‘z shaxsiy kabineti orqali test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirib, belgilangan sanada, o‘zi xohlab ko‘rsatgan manzilda test sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.