Kirg‘izistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 506 nafarga yetdi
- 18.04.2020 21:55
- 86
- Xorij
Bu haqida 18 aprel kuni SOVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish respublika shtabida ma’lum qilindi.
“2020 yilning 18 aprel holatiga, respublika bo‘ylab 17 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi, kasallik yuqtirganlarning umumiy soni 506 nafarga yetdi”, deya ma’lum qildi shtab vakili.
506 nafar kasallanganlarning 116 nafari tibbiy xodimlar ekanligi ham qayd etildi. Mamlakatda 5 nafar bemor vafot etgan, yana 13 nafar bemorning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlar bilan 7,7 ming odam muloqotda bo‘lgan.
Mamlakatda koronavirus tarqalishi oqibatida joriy etilgan favqulodda vaziyat holati davom etmoqda.