Kislorod konsentratorlari uy sharoitida davolanish uchun kimlarga beriladi?
- 11.09.2020 18:25
- 146
- COVID-19
Qanday bemorlarga uy sharoitida davolanish uchun kislorod konsentratorlari hamda pulsoksimetrlar vaqtincha berilishi mumkinligi haqidagi savollarga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus shtab a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:
➖ SOVID-19 infeksiyaning og‘ir turini o‘tkazgan bemorlar, kasalxonadan chiqqanlaridan keyin ham organizmini tiklashlariga vaqt kerak bo‘ladi. Ularni uy sharoitida sifatli sog‘lomlashtirishni tashkil etish hamda nogironlikning oldini olish maqsadida SSV bemorlarga vaqtinchalik foydalanishga kislorod konsentratori va pulsoksimetrlarni berishga qaror qildi.
Dastlab uskunalar bemorga 7 kunga beriladi va uning natijalari davolovchi shifokor tomonidan o‘rganiladi. Bemor natijalarga ko‘ra, shifokor uskunalardan foydalanishda davom etish yoki ularni boshqa bemorlarga yo‘naltirish haqida qaror qiladi.