Klimatologlar ogohlantiradi: dunyoni yangi ob-havo falokatlari kutmoqda
Iqlim o‘zgarishi uzoq istiqbol emas. Uni biz bugun ko‘rib turibmiz. Buyuk Britaniya meteorologiya idorasi 2020 yilgi ko‘plab yangilangan ob-havo rekordlari hisobotini taqdim etdi.
Shunday qilib, 1884 yildan beri o‘tkazila boshlangan kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bahor bo‘ldi. May - o‘n yilliklar ichida eng quruq keldi. Shu bilan birga, o‘tgan yili rekord darajada yog‘ingarchilik tushdi.
"Biz yuqori harorat va yog‘ingarchilik ko‘payishi, ob-havoning keskin o‘zgarishi tendensiyasini ko‘rib turibmiz. Prognozlarimizga binoan bu kelajakda ham davom etadi. Butun dunyoda og‘ir ob-havo sharoitlari hukm surmoqda. Masalan, Kanadada Selsiy bo‘yicha +49,6 daraja qayd etildi. Bu inson omili - iqlim tizimiga ta’sirsiz amalga oshmayapti albatta", deydi Buyuk Britaniyaning Meteorologik byuro iqlimshunosi Mayk Kendon.
Issiq ob-havo oldidan bo‘ronlar bo‘ldi. Fevral oyida «Ciara» bo‘roni Buyuk Britaniyani urdi, keyin insonlar hayotiga zomin bo‘lgan «Denis» keldi. Xullas, bu yil rekord issiq kuchli yog‘ingarchilik bilan almashib turdi. Ketma-ket toshqinlar infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi.
"Prognoz aniq va ravshan: issiqlik energiyasi miqdori oshishi bilan atmosfera ko‘proq suvni ushlab tura oladi. Bu tez-tez bo‘ronlar, ekstremal ob-havo bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Nam iqlim yanada namroq, qurug‘i esa - yanada quruqroq bo‘ladi. Dengiz sathining ko‘tarilishi muqarrar», deydi Okeanografiya milliy markazi direktori Yed Xill.
Olimlarning fikricha, muammoning tezkor yechimi yo‘q. Buning uchun global chora-tadbirlar kompleksi va vaqt zarur. Ayni paytda esa dunyo yangi ob-havo kataklizmlariga tayyor turishi kerak.