Kobuldagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi
- 04.10.2021 11:54
- 64
- Xorij

Portlash Afg‘oniston poytaxtidagi "Idgax" masjidida sodir bo‘ldi, deya xabar berdi RIA novostining Tolibon harakati manbasi.
Yana 32 kishi yaralangan. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni o‘zgarishi mumkin.
Oldinroq 8 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi yaralangani ma’lum bo‘lgan edi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Kari Said Xosti uchta gumonlanuvchi hibsga olinganini bildirdi.
Mahalliy OAVlarning yozishicha, portlash Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohidning bir necha kun oldin vafot etgan onasiga masjidda janoza namozi o‘qilayotgan paytda sodir bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo