Kobuldagi shifoxonada kim portlash uyushtirgani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq Tolibon bu ishni qilmagani yuzasidan bayonot bergandi. Bugun IShID Kobuldagi shifoxonaga hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

Bu haqda guruh bayonotiga tayanib Frans-Press agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha bir guruh terrorchilar Afg‘oniston poytaxtidagi shifoxonaga bostirib kirib, otishma portlash uyushtirgandi. Portlashlardan so‘ng Tolibon bilan to‘qnashuvlar boshlangan. Hujum natijasida 23 kishi jumladan tinch aholi halok bo‘lgan, 50 kishi yaralangandi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “IShID”ning besh nafar jangchisi bir vaqtning o‘zida rejalashtirilgan hujumni amalga oshirgan.