Kollej va texnikumlarning to‘lov-kontrakt qiymati belgilandi
AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilida kollejlar va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kollejlar va texnikumlarda tayyorlov yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ga muvofiq belgilandi.
Unga ko‘ra:
- sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san’at, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot – 4 211 846 so‘m (MHTEKMning 6,2 barobarida);
- tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar (televideniye yo‘nalishi) – 4 075 980 so‘m (MHTEKMning 6,0 barobarida);
- qishloq xo‘jaligi irrigatsiya va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi – 3 940 114 so‘m (MHTEKMning 5,8 barobarida) to‘lanadi.