Kollejdagi talon-tarojlik fosh bo‘ldi: bosh hisobchi byudjet mablag‘larini o‘margan
- 13.04.2019 21:15
- 396
- Jinoyat va jazo
Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m undirilishi ta’minlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Sh.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa