Koronavirus: Bugungacha dunyodagi vaziyat
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat ichida bugungi kunga qadar 80967 nafar (19 mart holatiga – 80928 kishi) kasalga chalinganlar qayd etilgan. SCMP (South China Moring Post) nashrining hisobotiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 233,7 ming nafarga yetgan (19 mart holatiga – 200 mingdan ziyod).
JSST bergan ma’lumotda aytilishicha, so‘nggi kecha-kunduzda dunyo bo‘ylab 16556 (bir kun ilgari – 15123) nafar yangi kasallanganlar aniqlangan. Yevropa davlatlarida 87 mingdan ortiq kasallangan qayd etilgan.
Jami 9839 inson koronavirus oqibatida vafot etgan (18 mart holatida – 8845).
Rossiya Federatsiyasida koronavirusga chalinganlar soni 199 nafarga yetdi. So‘nggi kecha-kunduzda mamlakatning 23 hududidan 52 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi. 19 mart kuni Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq dastlabki o‘lim holati qayd etildi.
Italiyada pandemiyadan qurbon bo‘lganlar soni kasallik tarqalishni boshlagan Xitoyday o‘tib ketdi. Italiyada bugunga qadar – 3,4 ming nafar bemor vafot etdi (Xitoyda – 3,2 ming nafar).
Isroil hukumati fuqarolarga vaqtincha uylarini tark etishni chekladi. Odamlarga faqat oziq-ovqat va dori-darmon xarid qilishlari uchun uydan tashqariga chiqishga ruxsat beriladi.
Monako knyazi Albera II koronavirus yuqtirgan dastlabki davlat rahbari bo‘ldi. Ayni vaqtda uning hayotiga hech qanday xavf yo‘qligi aytilmoqda. Knyaz o‘zini o‘zi karantinga oldi va o‘z qarorgohini tark etmasdan faoliyatini davom ettirmoqda.