Koronavirus infeksiyasiga chalingalarning 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlardir
- 24.03.2020 14:03
- 131
- Dolzarb
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.
Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda, deb ma’lum qildi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev.
Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa