Koronavirus kelajakda bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

➖ Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo‘lib, hali u haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Alohida bu borada ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.

Qolaversa, kasallik yosh bolalarda juda yengil o‘tayapti. Shuning uchun kelajakda biror bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Fikrimizcha, COVID-19 kelajakda farzand ko‘rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi.