Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan oldin kirib kelganmi?

AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda.

 "Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020 yilda 15 mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz.

 Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi", dedi Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.