Koronavirusga chalingan bitta bemor 406 kishiga virus yuqtirishi mumkin

— Respublikamizda koronavirus kasalligi qayd etilishi kamayib borayotganday nazarimda. Bu - yurtimizda pandemiya tamom, tugayapti deganimi?

— Unday degani emas. Vaziyat birmuncha yumshayotgan bo‘lsa-da, hali 1000 dan ortiq bemor davolanishni davom ettirayapti, 85 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi, - deb javob berdi Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.

Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga chalingan bitta odam e’tiborsiz qoldirilsa va odamlar orasida yursa, bir oyda 406 ta odamga kasallikni yuqtirishi mumkin ekan.

Oxirgi bemorimiz shifoxonadan chiqib ketganidan keyin 14 kun davomida yangi bemor ro‘yxatga olinmasa, o‘shanda biz xotirjam bo‘lsak bo‘ladi.