Koronavirusga qarshi dori yaratish bo‘yicha dastlabki muvaffaqiyat haqida e’lon qilindi
- 05.05.2020 17:12
- 1056
- COVID-19
Koronavirusga qarshi vaksina va dori yaratilishida erishilgan muvaffaqiyat ommaga e’lon qilindi. Isroillik mutaxassislar kasallangan organizmdagi COVID-19 ga qarshi faol hujum uyushtirishga qodir antitanalarni aniqladi. Mazkur antitanalar koronavirusga qarshi dori va vaksina ishlab chiqarilishida qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Isroilning i24 portali Mudofaa vaziri Naftali Bennetta bergan bayonotga tayanib xabar berdi.
Mamlakat Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda patentlashni ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Biroq dori vositalarining ishlab chiqilish va savdoga chiqarilish sanalari to‘g‘risida Bennet hech narsa demadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa