Koronavirusga qarshi immunitet hosil qila oladigan kasallik aniqlandi
- 22.09.2020 19:30
- 1769
- Xorij
Denge tutqanog‘i kasallagini boshdan o‘tkazgan insonlarda COVID-19 ga qarshi ma’lum darajada immunitet shakllanadi. Bu haqda Reuters nashri Dyuk universiteti professori Migel Nikolelis tadqiqotlariga tayanib xabar berdi.
Amerikalik mutaxassis so‘nggi yillarda denge tutqanog‘i xuruji qayd etilgan hududlarda koronavirus sezilarli darajada sekin tarqalayotganini aniqladi.
“Ajablanarli bu yangilik Denge flavivirus serotiplari va COVID-19 o‘rtasida o‘zaro immunologik reaktivlikni keltirib chiqarish imkonini beradi” deb ta’kidladi u.
Nikolelisning so‘zlariga ko‘ra, agar uning taxmini tasdiqlansa, odamlar denge tutqanog‘iga qarshi emlanib, COVID-19 ga qarshi immunitetga ega bo‘ladi.