Koronavirusga qarshi kurashda «umid uchqunlari» paydo bo‘lgan
- 11.08.2020 14:30
- 489
- COVID-19
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi. Hozir dunyoda koronavirusga chalinganlar 20 millionga, qurbonlar esa 750 mingga yaqinlashmoqda, shunga qaramay:
«Ko‘pchiligingiz qayg‘uda ekaningizni va bu dunyo uchun qiyin vaqt ekanini bilaman. Biroq men oydinlik kiritishni istayman: umid uchqunlari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki posyolka, qayerda joylashganidan qat’i nazar COVID-19 tarqalishining oldini olish hech qachon kech emas», — deydi Gebreyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya koronavirusga qarshi qanday kurashish lozimligi borasida dunyoga namuna bo‘lgan. Mamlakat ichida koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari 100 kundan buyon qayd etilmayapti.
JSST rahbari barcha davlatlar yetakchilarini harakat qilishga, fuqarolarni esa yangi cheklov choralariga rioya qilishga chaqirgan.