Koronavirusga qarshi Xitoy ishlab chiqargan vaksinani bozorga chiqarish muddati ma’lum qilindi
Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi joriy yilning dekabr oyi so‘nggida bozorga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Sinopharm davlat koorporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjen 18 avgust kuni ma’lum qildi.
Ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) vosita sinovining uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. 15 mingga yaqin odam sinovlarda ishtirok etmoqda va buning uchun vaksinaning ikki shtampidan foydalanilmoqda. Sinopharm rahbari bergan ma’lumotga ko‘ra, kompaniya odamlarda o‘tkazilayotgan sinovlarni taxminan uch oy ichida yakunlashni rejalashtirgan. Biroz ilgari, vaksina kamida 2021 yilning boshida tayyor bo‘lishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Shu bilan birga Lyu vaksina ustida olib borilayotgan tadqiqotlar 16 fevralda boshlanganini eslatib o‘tdi. Dastlab u yetti xil tajriba jonivorlarida sinovdan o‘tkazilgan, jumladan oq kalamushlar, sichqonlar, dengiz otlari, makaka, quyonlar va boshqa jonivorlarda. Keyinchalik bir guruh odamlar emlangan, undan so‘ng uchinchi bosqich sinovlari boshlangan.