Korrupsiya urchigani tufayli “Narxoz” rektori ishdan olindi

Uzoq yillar davomida turli “o‘yin”lari bilan keng ommaga mashhur, xalq orasida “pulxoz” nomi bilan tanilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, deb yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida.

Bugun Prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari uyg‘onishi zarurligi, bundan buyon qabul jarayonidan boshlab, bitirish jarayoniga qadar ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosiy masala bo‘lishi, bunga qarshi chiqqanlarga qat’iy jazo ko‘rilishi ta’kidlandi.

Buning birinchi isboti sifatida TDIU rektori Bahodir Xodiyev lavozimidan ozod etildi.
Buning ortidan “Narxoz”da katta tozalash ishlari ham amalga oshirilishi ta’kidlandi.