Kuchli xotira, oson o‘zlashtirish va miyaning umumiy faoliyati uchun 6 ta oddiy maslahat

Jismoniy faollik

Badantarbiya mashqlari nafaqat tanani quvvatlantiradi, balki miya neyronlarini ham o‘stiradi.

Ruhiy zo‘riqishning oldini oling

Surunkali stress asab tolalari faoliyatini izdan chiqaradi. O‘z zimmangizga bir paytning o‘zida bir qancha vazifalarni yuklamang. Topshiriqlar ko‘pligi oqibatida hayotiy maqsadlarda chalkashlik yuzaga kelishi kishida ruhiy zo‘riqish gormoni hisoblangan kortizol miqdorining oshib ketishiga sabab bo‘ladi.

Taomnomangizga nazar soling

Sog‘lom yog‘ va aminokislotalarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qiling. Yong‘oqlar, dukkakli mahsulotlar, yangi rezavor va sabzavotlar, shuningdek, asal hamda shokolad miya faoliyati uchun foydali.

Hissiyotlaringizni muvozanatda saqlang

Hissiy gigiyenaga e’tibor bering. Zamonaviy gadjetlar va internetdan foydalanishni tartibga soling. Xotirangizni istalmagan axborotlar bilan to‘ldirmang. Sizni qo‘llab-quvvatlamaydigan va qadrlamaydigan odamlar bilan vaqt o‘tkazmang.

Izlanishda bo‘ling

Doimiy ravishda yangi mashg‘ulotlarni o‘rganing. Bu kulinariya, xona gullari parvarishi, xorijiy til, avtomobil boshqarish kabi mashg‘ulotlar bo‘lishi mumkin. Miyangiz bo‘sh qolishiga yo‘l qo‘ymang. Axir, biz hayotimiz davomida ham aqlan, ham jismonan kamol topib borishimiz kerak.

Uyqu

Miya salomatligini boshqa hech bir narsa 8 soatlik sifatli uyquchalik rag‘batlantirmaydi. Bir kecha-kunduzda kamida 8 soat uxlashga harakat qiling.

D.Xoliqova tayyorladi.