Kuy-qo‘shiqlar o‘zbek va ozar xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantiradi

Bugun Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi madaniy markaz tomonidan tashkil etilayotgan gala-konsert ishtirokchilari Samarqand shahriga keldi.

Samarqand temiryo‘l vokzalida mehmonlarni Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov kutib oldi.

Tashrif buyurgan san’atkorlar orasida Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali g‘oliblari, Ozarbayjon xalq artisti Samira Imanova, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Zabit Nabizoda, Parviz Gasimov va Sohib Poshshozoda bor. Ular samarqandlik kuy-qo‘shiq ixlosmandlariga o‘z san’atlarini namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz: Bugun soat 15.00 da Samarqand shahridagi Yoshlar markazida ozarbayjonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o‘tkaziladi.

Husan Eltoyev.