Kuz-qish mavsumi yaqin, qaysi sohada muammo bor?
Salqin kunlar boshlanishi bilan hammaning fikri-o‘yi qishga, aniqrog‘i, qorli-qirovli kunlarga tayyorgarlik ko‘rishda bo‘ladi. Xo‘sh, bu borada viloyatda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Bugungi kunda viloyat bo‘yicha 2067 ta ko‘p kvartirali uy-joylardagi 71 ming 91 ta xonadonda 227,4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Qayd qilingan uy-joylarga 1 ta boshqaruv tashkiloti va 179 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda shahar va tumanlarda 2 ta “Yagona hisob-kitob markazi” DUK filiallari xizmat ko‘rsatmoqda.
Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 137 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun 12,6 mlrd. so‘m mahalliy hamda homiylar mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 127 ta ko‘p qavatli uylar mukammal va joriy ta’mirlandi.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida 816 km. issiqlik tarmoqlari va 30 ta nasos uskunalari almashtirilib, 10 ta markaziy qozonxona, 1 ta mahalliy qozonxona, 7 dona qozonlar joriy ta’mirlanmoqda.
Shuningdek, 84,51 km. ichimlik suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlandi. Xususan, 52,84 km. tarmoq mukammal va 31,67 km. tarmoq joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining 2528,4 km., transformator punktlarining 840 tasi mukammal, 6466,9 km. uzatish tarmoqlari hamda 1899 ta transformatorlar joriy ta’mirlangan.
Viloyatda 811 673 ta gazlashgan xonadondan 313 276 ta xonadon tabiiy gaz, 498 397 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan. Bugungi kunda aholi va ulgurji iste’molchilariga sutkasiga 3966 ming metr kub tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
O‘tgan davrda 10,4 km. gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, mukammal, gaz taqsimlash punktlarining 54 tasi kapital ta’mirlangan.
Aholi xonadonlariga kuz-qish mavsumiga 42 371,2 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti ajratilgan. Shundan oktyabr oyida 7 292,4 tonna ajratilgan bulib, amalda 2 500,92 yetkazib berilgan.ac