Lion yaqinidagi fojia: baxtsiz hodisami yoki o‘t qo‘yishmi?
16 dekabrga o‘tar kechasi turar-joy binosi yonib ketgan Fransiyaning Lion shahri chekkasidagi Vo-an-Velen shahrida shok va qayg‘u. Prefektura tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi yengil jarohat olgan, to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.
Shahar hukumati yuzga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Olov binoning birinchi qavatida chiqqan. «Franc-Press» xabariga ko‘ra, ba’zi odamlar uy derazalaridan o‘zini tashlagan.
Hodisa joyiga Fransiya ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmanin kelgan: "Men tungi soat 3:00 larda voqea joyiga bor-yo‘g‘i 12 daqiqada yetib kelgan va jiddiy xavf ostida qolgan 15 kishini qutqarib qolgan o‘t o‘chiruvchilarga chin yurakdan minnatdorchilik bildirdim. Ular ichkariga kira olmadi va bolalarni, chaqaloqlarni qutqarish uchun oxirgi - 7-qavatga ko‘tarilishiga to‘g‘ri keldi. Agar o‘t o‘chiruvchilarning qahramonligi va tezkor mehnati bo‘lmaganida, oqibati yanada ayanchli bo‘lar edi".
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, onlayn-aksiya davomida jabrlanganlarga yordam berish uchun 30 ming yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ilgan. Aglomeratsiya aholisi oziq-ovqat va issiq kiyim olib kelmoqda.
Lion prokuraturasi yong‘in sabablarini o‘rganmoqda. Tergovchilar hech qanday versiyani, jumladan, o‘t qo‘yishni istisno qilmaydi.
Vo-an-Velin aholisi qiyin ijtimoiy vaziyatda. Milliy statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, aholining uchdan bir qismi qashshoqlikda yashaydi.