Mablag‘ bor, ammo loyiha ham barbod, ish o‘rinlari ham
Camarqand viloyatida 2019 yil sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida jami 6 trillion 849 milliard so‘mlik 941 ta ichki investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19 ming 631 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Bu haqda viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi.
Yilning birinchi yarmida 2 trillion 261 milliard so‘mlik 297 ta loyiha doirasida 6 ming 564 fuqaro ishli bo‘lishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 1 trillion 326 milliard so‘mlik 251 ta loyihada 4 936 ta kishi ishli bo‘ldi. Bundan tashqari, dasturlarda belgilangan muddatdan oldin 403 milliard so‘mlik 43 ta loyiha amalga oshirilib, 1 132 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Xo‘sh, bu ish o‘rinlari kammi, ko‘pmi?
Kam, masalan, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlari, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlaridagi tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan rejalashtirilgandan 107 ta ish o‘rni kam yaratilgan. Dastur doirasida 935 milliard so‘mlik 46 ta loyiha o‘z muddatida bajarilmasligi oqibatida 1628 ta ish o‘rni yaratilmagan.