Magistr va ordinatorlar amaliyotni qishloq tibbiyot muassasalarida o‘tashadi

Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Qo‘shrabot hamda Paxtachi tumanlariga Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari hamda 122 nafar magistr va klinik ordinatorlari o‘quv amaliyotini o‘tash uchun jalb qilindi.

Amaliyotchilar to‘rt oy davomida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, davolash va nazorat qilish, aholining kasallanish darajasini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha ish olib boradi.

Ayni paytda institut va mazkur tuman tibbiyot birlashmasi safarbar etilgan yosh shifokorlarni bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish, ish haqi hamda uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Dilmurod TO‘XTAYEV.